Turkiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonga tashrifi yakuni bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozdi “Haberturk” gazetasi.
“Anqaraning tashkilot sammitida ishtirok etishi maxsus mehmon maqomi bilan izohlanadi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbari, shuningdek, “mazkur qadam navbatdagi jarayonning boshlanishidan darak, keyingi yil tashkilot sammitiga Hindiston mezbonlik qiladi, kun tartibiga bunday yangiliklar kiritilishi mumkin”, degan SHHTga a’zolikni nazarda tutib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishtirokchi davlatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, Erdog‘an 15-16 sentyabr kunlari SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etdi.