O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 15-moddalariga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 5 sentyabrdagi “M.K.Kamalovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida”gi 1187-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Shu munosabat bilan Murat Kallibekovich Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.
- Amanbay Tleubayevich Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari etib saylansin.
- Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. Narbayeva
Toshkent shahri,
2022 yil 13 sentyabr,
№ SQ-613–IV.