Bu haqida orda_kz kanali xabar bermoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning qayd etishicha, ushbu uchrashuv Qozog‘iston va Vatikan o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikka katta yordam beradi.

“Papa hazratlari, ertangi kongressdagi ishtirokingiz uning muvaffaqiyatini ta’minlashiga va Qozog‘iston va butun dunyo katoliklarining qalblarini baxtga to‘ldirishiga ishonaman”, – dedi Toqayev.

Rim papasi Fransisk bunga javoban Qozog‘iston fuqarolarini qutlab, samimiy qabul uchun Toqayevga minnatdorchilik bildirdi.
“Men tinchlik elchisi sifatida keldim, muloqot izlayapman, birdamlikni xohlayman. Bizning dunyomiz uyg‘unlikka juda muhtoj, – dedi Pontifex.

Pontifik dunyo tinchligi va Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi.

O‘zA