Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga telefon qilib, Armaniston-Ozarbayjon chegara hududlaridagi vaziyatni muhokama qildilar, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.

“Turkiya har doim Ozarbayjonga yaqin va mamlakatlarimiz bir-biri bilan jamjihatdir”, dedi Erdog‘an.

Aliyev “Qardosh Turkiyaning har doimgidek Ozarbayjon bilan yonma-yon turishini, mamlakatimiz har doim Turkiya bilan har masalada yaqin” ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli provokatsiyaning oldini olish chog‘ida shahid bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda butun Ozarbayjon xalqiga chuqur hamdarlik bildirdi.