Parlament a’zolarining poytaxt nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan.

Ma’lumki, parlamentning bir guruh deputatlari Qozog‘iston poytaxtiga Ostona shahrining sobiq nomini qaytarishni taklif qilgan.

Prezidentga bu boradagi tashabbus haqida deputatlar ma’lumot berib, ular o‘z navbatida aholi bilan uchrashuvlarda takror bildirilgan takliflar, referendum davomida fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga tayandi.

Shundan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishga rozilik bildirib, mazkur taklif Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilishiga ruxsat bergan. Bu haqida Orda.kz kanali ma’lum qilmoqda.

Shu bilan birga, Prezident N.A.Nazarboyevning Qozog‘istonning zamonaviy davlatchiligini mustahkamlash va poytaxtni shakllantirishdagi munosib hissasini e’tirof etdi.

Shuning uchun Birinchi Prezident nomidagi boshqa ob’ektlar ham o‘z nomini saqlab qolishi kerak”, – dedi Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.

O‘zA