O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Darxon Satibaldini qabul qildi.

Uchrashuvda elchining O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Vazir D.Satibaldini Turkiston viloyati Akim lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Tomonlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbolini muhokama qildilar.
D.Satibaldi uch yillik faoliyati davomida mamlakatni tubdan o‘zgartirib, xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilgan jadal o‘zgarishlarga guvoh bo‘lganini ta’kidladi.

Elchi O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
U, shuningdek, do‘st bo‘lib qolish barobarida O‘zbekiston – Qozog‘iston aloqasini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

B.Xudoyberdiyev,
N.Haydarov (surat),
O‘zA