Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti G‘arb mamlakatlariga qaraganda tezroq o‘smoqda, bu tendensiya kelajakda ham davom etadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida.
“Eslatib o‘tishni lozim topdim, so‘nggi 10 yil ichida Osiyo mamlakatlari YAIM har yili taxminan 5 foizga o‘sgan bo‘lsa, dunyoda 3 foiz, AQSHda 2 foiz, Yevropa Ittifoqida 1,2 foizga o‘sdi. Lekin bu ham muhim emas, bu tendensiya davom etishi muhim. Natijada, Osiyo iqtisodiyotlarining global yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘sadi va 2015 yildagi 37,1 foizdan 2027 yilda 45 foizgacha o‘sadi va bu tendensiya eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin”, dedi Putin.