“Tolibon” harakati Pokistonni AQSHning uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalari Afg‘oniston havo kengliklariga ushbu mamlakat hududidan uchib kelayotganlikda aybladi.

Afg‘onistonning mudofaa vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Muhammad Yoqub ana shu haqda bayonot berdi. U shuningdek, Pokistonni o‘z hududini Afg‘onistonga qarshi foydalanmaslikka chaqirdi.

Bundan avvalroq toliblar vakili Amerika dronlari Afg‘oniston hududida harakat qilayotganini aytib, bu, mamlakat havo kengliklarini buzish ekanligi haqida bayonot bergan edi.