“Milliyat” gazetasiga intervyu bergan Adliya vaziri Bekir Bozdag Turkiyada o‘tagan prezidentlik saylovlari kunini aniq aytib berdi.

“Keyingi yilning 18 iyunidagi saylovlarda amaldagi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an o‘z nomzodi bilan qatnashadi. Bu esa uning prezidentlik saylovida ikkinchi marta ishtiroki bo‘ladi”.

Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi avvaldan Erdog‘an nomzodini e’lon qilgan edi. Olti siyosiy partiyadan iborat muxolifat bloki hali o‘z nomzodini ko‘rsatgani yo‘q.

Muxolifat avvalroq Erdog‘anning ikkinchi marta prezidentlik saylovlarida qatnasha olmasligi to‘g‘risida tanqidiy fikr aytgan edi. Adliya vazirligi bunga o‘z munosabatini bildirib, izoh bergandi.