Harbiy xizmatga majbur ukrainalik ayollar 1 oktyabrdan harbiy hisobga olinishlari kerak, biroq ro‘yxatdan o‘tmaganlarga nisbatan darhol jazo chorasi qo‘llanmaydi, deb yozadi “Unian” Ukraina Oliy Radasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi deputati Fyodor Venislavskiyga tayanib.
«Gap mutaxassisliklari harbiy xizmatga aloqadorlar ro‘yxatiga kiruvchi Ukraina fuqarolari haqida ketmoqda. Ro‘yxatdan o‘tmagan ayollarga nisbatan jiddiy jazo choralari darhol qo‘llanmaydi”, deyiladi agentlik bayonotida.
Avvalroq Ukraina qo‘shinlari Bosh shtabi ayollar faqat roziligi bilan harbiy hisobga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.