Turkiya va Ukraina Prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Vladimir Zelenskiy hamda Birlashgan Millatlar Bosh kotibi Antoniu Guterrish Lvovda uch tomonlama uchrashuvda Ukrainadagi mojaroga barham berishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qilishdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Uch tomonlama uchrashuvdagi bosh mavzu inqiroz qanday yakunlanishi mumkinligi haqida bo‘ldi”, dedi Erdog‘an jurnalistlar bilan suhbatda. U mojaro diplomatik muzokaralar yo‘li bilan yakunlanishi kerakligiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, Turkiya yetakchisi xalqaro hamjamiyatni Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun ko‘proq harakat qilishga chaqirdi. O‘z navbatida Anqara Rossiya va Ukraina mojaro tomonlari o‘rtasidagi muzokaralarning Istanbul jarayonini qayta tiklashda yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Lvovdagi uchrashuvda don yo‘lagi, Zaporoje atom stansiyasi va ukrainalik mahbuslarni ozod qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi”, deb ma’lumot berdi.
Uning fikricha, “ko‘p muammolarni diplomatiya yo‘li bilan hal qilish Zelenskiy, Erdog‘an va Guterrishning muvofiqlashtiruvi va qarorlariga bog‘liq”. Shuningdek, eng muhimi BMT Bosh kotibi va ikki Prezedentning o‘zaro bir-birlarini yaxshi tushunishlari muzokaralarning samarali bo‘lishiga olib keldi, deb qayd etdi vazir Kuleba.
Abror XON, (O‘zA)