Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uy va AQSH Davlat departamentidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va delegatsiyaning boshqa a’zolariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi sessiyasiga borishi uchun kirish vizasi berishni so‘radi.

Bu haqda Rossiya elchisi Anatoliy Antonov “Rossiya24” telekanalida ma’lum qildi.

Elchining ta’kidlashicha, “diplomatik missiya AQSH tadbirda ishtirok etadigan Rossiya vakillarining kirishiga to‘sqinlikni to‘xtashini talab qilaveradi”.

“O‘zim ham, shaxsan, Davlat departamentiga borib, delegatsiyamizning sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT tadbirida ishtiroki bo‘yicha yuzaga kelayotgan muoammoni ko‘taraman”, dedi Antonov.

BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi 20-26 sentyabr kunlari ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tadi. Ketma-ket ikki yil COVID-19 pandemiyasi tufayli tadbirlar videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgandi.