Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

2 iyun kuni Toshkentda o‘tgan muzokaralarda ko‘plab kelishuvlarga erishildi, ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 3 iyun kuni Xorazmda davom etdi.

Oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.