Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi “Dao‘qora” o‘yingohida yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha Jizzax viloyati hokimining kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumandagi shaharcha, makon va ovul fuqarolar yig‘inidan 17 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida “Taxtako‘pir” shaharcha fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni egallab, Jizzax viloyati hokimi kubogi sohibi bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni “Oydin yo‘l”, uchinchi o‘rinni “Qorao‘y” ovul fuqarolar yig‘inlari jamoalari egalladi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Jizzax viloyati mas’ul etib belgilangan.
Dovud Abibullayev,O‘zA