Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusi uch yilda tarmoq uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassis zarur bo‘lishi ta’kidlandi.

Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022 yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud.

Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat ko‘rsatish texnikumlari, Farg‘ona elektrotexnika kolleji “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.

Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

O‘zA