Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘tgan besh yilda:

– 465 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;

– ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion so‘mdan 17 trillion so‘mga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;

– tarmoqda ish o‘rinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani ta’kidlandi.

–Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz. Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni o‘zimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish zarur, – dedi Prezident.

Buning uchun “ta’lim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini o‘z ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA