Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish so‘rovi bo‘yicha AQSH ma’muriyati bilan konstruktiv munosabat olib bormoqda, deb bayonot berdi Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li.
“AQSH ma’muriyatida F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasida muayyan bir munosabat mavjud”, – deya keltiradi Chovusho‘g‘lining so‘zlarini Sabah gazetasi.
Avvalroq AQSH Turkiyaga uning Rossiyadan S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani uchun yangi F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish dasturidan chiqarilgani haqida xabarni bergandi. Qo‘shma Shtatlar F-35 bo‘yicha qo‘shma memorandumni bekor qilgan edi.
Ayni damda F-35 loyihasi bo‘yicha AQSHga Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Kanada va Norvegiya sherikchilik qilmoqda. Shundan keyin Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on AQSHga to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha taklif bildirdi.
Ushbu masala ham hali AQSH Kongressida ma’qullanishi kerak. Davlat departamenti kongressmenlarni ushbu kelishuv Vashington manfaatlariga xizmat qilishiga ishontirish uchun harakat qilmoqda.