Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Viloyat ulkan sanoat salohiyatiga ega bo‘lsada, bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotda sanoat ulushi atigi 18 foizni tashkil etadi.

Shuni hisobga olib, 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 14,7 trillion so‘m bo‘lgan 270 ta sanoat loyihasi dasturi shakllantirilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, davlat ahamiyatidagi 7 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

O‘zA