Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Selektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari sohada qilinishi zarur bo‘lgan  qator vazifalarni belgilab berdi.

Eng avvalo, aprel oyida – 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan o‘tkaziladi; – har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi; – 26 ta oilaviy shifokorlik punkti to‘liq ta’mirlanadi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan ta’minlanadi.

Umuman, yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi belgilandi.

Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 ming 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA