Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda 56 ta tumandagi 243 ta olis va chekka mahallada 562 ta oilaviy shifokor lavozimi vakant bo‘lib turganiga e’tibor qaratildi.

Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda bo‘sh o‘rinlar ancha yuqori bo‘lsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qilindi.

Yoki, Toshkent viloyatida yil yakuniga qadar 70 ta olis va chekka mahallada tibbiyot punktini tashkil etishi lozim bo‘lsa-da, bu borada aprel oyi rejasida birorta amaliy vazifa yo‘q.

–Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shug‘ullanishi shart va ulardan so‘rov qattiq bo‘ladi. Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini o‘zim eshitib boraman. Ochiq muloqotdan keyingi o‘zgarishlarni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir xonadon sezishi shart, – dedi Prezident.

O‘zA