Saudiya Arabistoni yetakchilik qilayotgan Arab koalitsiyasi neft inshootlariga uyushtirilgan hujumlarni bartaraf etish maqsadida amaliyot boshlaganini ma’lum qildi, deb xabar tarqatmoqda Saudiyaning Al-Ekbariya davlat telekanali koalitsiyaning bergan bayonotiga tayanib.
Bayonotda ta’kidlanishicha, koalitsiyaning maqsadi “global energiya manbalarini qurolli hujumlardan himoya qilish va yetkazib berish zanjirini ta’minlashdan iborat”.
Avvalroq Saudiya Arabistoni energetika vazirligi Jidda shimolidagi neft mahsulotlarini taqsimlash stansiyasiga raketa snaryadlari hamda Jizan tumanidagi “Al-Muxtar” elektrstansiyasiga granatomyotlar vositasida hujum uyushtirilganini tasdiqlagan edi. Saudiya Arabistoni hududiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni yamanlik isyonchi xusitlar o‘z zimmasiga oldi.
O‘tgan haftada podshohlik hukumati 82 kishini qatl qilgan edi, ular orasida uch nafar yamanlik harbiy asirlar ham bor bo‘lgan. Xusitlar hujumi Saudiyaning ushbu jazoni ijro etganiga javob ekani aytilmoqda.