Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum doirasida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Prezident Surxondaryo viloyati Angor tumanida quvvati 1560 megavattli yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.