– O‘zbekistondagi faoliyatimni besh yil oldin boshlaganman. Siz saylanganingizdan keyin biroz fursatdan so‘ng bu yerdagi vakolatimni boshladim. Shuning uchun besh yillik kuzatuvlarim bilan o‘rtoqlasha olaman.

Juda ham katta o‘zgarishlar va islohotlar guvohi bo‘ldim. Ayniqsa, bu yerda davolashdan ko‘ra ko‘proq kasallikni oldini olishga urg‘u berilishiga, vertikal boshqaruvdan bevosita gorizontal keng qamrovli yondashuvga asos solinganiga guvoh bo‘ldim.

Yigirma besh yil davomida turli mamlakatlarda vakolatim bo‘yicha ish olib bordim. Shu narsani ochiq-oydin aytishim mumkinki, Sizdek shijoatli, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, serg‘ayrat Prezidentni ko‘rmadim.

Covid pandemiyasi boshlanganidan keyin Sizning bevosita yetakchiligingiz ostida qisqa fursatda pandemiyani nazorat ostiga olishga, salbiy ta’sirini minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo‘lindi.

O‘zbekiston buni qanday boshqarganligi, nazoratga olganligi namuna qilsa arziydigan a’lo darajadagi yechimlardir.

Lian Kuppens,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili