Prezident tabrigi haj safaridagi hojilarga o‘qib eshittirildi

Saxovat va mehr-oqibat ayyomi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentimizning yurtdoshlarimizga yo‘llagan bayram tabrigi yurtimizning barcha mo‘min-musulmonlari qatori, haj amalini ado etayotgan hojilarimizni ham nihoyatda quvontirdi. Ushbu tabrikda yurtimiz hojilariga bildirilgan yuksak ishonch barcha hojilarimizga quvonch ulashish bilan birga, katta mas’uliyat ekanligini ular e’tirof etdi. Tabrikni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hojilarimizga o‘qib eshittirdi.
 
photo5467641656305101366.jpg
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, “Haj-2018“ mavsumining ishchi guruh rahbari Nuriymon Abulhasan ushbu bayram tabrigi mazmun-mohiyatini hojilarimizga tushuntirib berdi. Xususan, hojilarimiz o‘z ibodatlarini ado etib bo‘lgach, yurtimizga qaytganlaridan so‘ng oilalar mustahkamligini ta’minlash, adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash hamda ularni komil inson qilib tarbiyalashda yanada faolroq bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdi. Yurtimiz hojilari Makkai Mukarramadek niyatlar qabul va duolar mustajob bo‘ladigan maskanda Prezidentimizga kuch-quvvat so‘rab, yurtimiz tinchligi va hayotimiz farovonligini so‘rab duolar qildi.

 

O‘zA