Fotoreportaj: Mahoratli sportchilar maskani

Nukus shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1560 nafar o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Maktabda kurash, yunon-rum kurashi, boks, og‘ir atletika, futbol, taekvondo (WTF), stol tennisi, sambo, karate kabi sport turlaridan mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. 40 dan ziyod malakali murabbiy yoshlarga mahorat sirlarini o‘gatayotir. Mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgan maktab sportchilari 2017- yilda 22 oltin, 19 kumush va 20 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

9.jpg
19.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA