2017-yilning yanvar-noyabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etish holatlari qariyb 11 ming 278 taga yoki 14,64 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 5 ming 722 taga yoki 12,34 foizga kamaygan. 


Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ayollar jinoyatchiligi qariyb 20 foizga, voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 11 foizga, jinoyat sodir etgan akademik litsey va kollej o‘quvchilari soni esa 21 foizga kamaydi.

Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik institutlari bilan birgalikda olib borilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar natijasida 1 ming 79 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

 

O’zA