6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm, Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi

Bugun 6 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining “Sog‘bon 1-2 tup”, “Qizil tut”, “Paxta”, “Langar”, “Lentochniy”, “Qo‘sh tut”, “Muhokama” ko‘chalarida va “Zarqaynar” supermarketlarida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.
Andijon viloyatining ayrim hududlarida bugun 6 noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 35/10 kV kuchlanishli “Ohunboboev“ podstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahar va tumandagi “Yangihayot”, “Abbos Bakirov”, “Abdulla Ahmedonov”, “Bog‘ishamol”, “Jahonobod”, “Zavroq”, “Og‘ullik”, “Bog‘i Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida yashovchi aholi xonadonlarida;
Izboskan tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Paxtakor” podstansiyasidan chiquvchi “Qayrat”, “Ziyokor” elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida;
6 kV kuchlanishli “Markaziy taqsimlash shoxobchasi-2” elektr uzatish tarmog‘ida rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, Andijon shahridagi “O‘zbekiston”, “Xo‘tanariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi xonadonlarida ham elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlari hamda Xorazm viloyatining Xonqa, Bog‘ot, Hazorasp, Pitnak tumanlarida Taxiatosh-Xorazm-Sarimoy yo‘nalishidagi tarmoqlarda 220 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘ining o‘tkazilishi va “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi”dagi 7 energo blok ta’mirlanayotganligi sababli 6-7 noyabr kunlari elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

O‘zA