Yozni “Kamalak” bilan

Nukus shahrida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar Kengashi tomonidan “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi. Unda “Yoʻlchilar” mahallasi yoshlari va ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida bolalar ishtirokida qiziqarli viktorinalar, mahalla yoshlari hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek, Nukus shahar madaniyat boʻlimiga qarashli bolalar ashula va raqs ansambllari tomonidan tayyorlangan qiziqarli konsert dasturlari hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi harbiylarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
– Ushbu tadbir maqsad yoz mavsumida bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ularni maʼnaviy yetuk barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi mutaxassisi Azamat Abibullayev.
Loyiha doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan bolalaresdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA