Yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini kameralar bilan toʻliq taʼminlash vaqti maʼlum boʻldi

Yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini kameralar bilan toʻliq taʼminlash vaqti maʼlum boʻldi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror talablariga koʻra, yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini bodi-kameralar bilan taʼminlash hamda ularni ishga tushirish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Bu haqda OʻzAga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlab oʻtish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida aynan shu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hamda ularning ijrochilari, bu ishga masʼullar, bajarish muddatlari belgilab berilgan.
Qaror ijrosi boʻyicha juda koʻplab ishlar amalga oshirildi. Bodi-kameralar xarid qilinadigan tashkilot aniq boʻldi. Endi butun diqqat-eʼtibor maʼlumotlarni saqlash qurilmalarini xarid qilish, dasturiy taʼminotni ishlab chiqishga qaratilgan. Bu vazifaning ham asosiy qismi bajarilgan. Ertaga yoʻllarda turli kelishmovchiliklar va ziddiyatlar, bahs-munozaralar kelib chiqmasligi aynan mana shu dasturiy taʼminotning toʻgʻri va aniq ishlashiga koʻp jihatdan bogʻliq.

 

OʻzA

  04.07.2019, 08:34  |    93 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!