Qoraqalpog‘istonda ulkan gaz zaxirasi bormi?

«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ulkan gaz zaxirasi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi
Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt neft-gaz hududida ulkan gaz zaxirasi bo‘lishi mumkin, dedi «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov kun.uzga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda so‘nggi ikki yilda uchta yangi kon ochilgan.
«Kuni kecha «Arslon-12» qudug‘ida gaz paydo bo‘ldi. Uchta konning barchasi yaxlit ekanligi ehtimoli juda katta. Kecha gaz chiqqan «Arslon-12» aynan Arslon va Janubiy Surg‘il konlari o‘rtasida joylashgan», dedi Siddiqov.
Bu esa ushbu hududda «ulkan gaz koni joylashgan» deyishga asos bo‘ladi.

 

O‘zA