Prezident Qo‘rg‘ontepa tumanidagi yirik paxta-to‘qimachilik klasteriga bordi

Prezident Qo‘rg‘ontepa tumanidagi yirik paxta-to‘qimachilik klasteriga bordi

Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi doirasida “Khantex Group” MChJ tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani Uchqun mahallasida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.
 
e7f734c6-87e7-a5d7-ceaa-a08847a53723.jpg
Mamlakatimizda keyingi yillarda klaster usulida paxta yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Klaster amaliyoti qishloq xo‘jaligida hosilni parvarishlashdan tortib, mahsulotni qayta ishlaydigan zamonaviy zavod va fabrikalar qurish, paxta xomashyosini to‘la qayta ishlashni o‘z ichiga oladi.
99993526-a0ad-823f-3284-33f38a7b38d5.jpg
“Khantex Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan ikki yil oldin tashkil etilgan. Qariyb 9 ming gektar maydonda fermerlar bilan paxta yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili may oyida Andijon viloyatiga tashrif buyurganda jamiyat tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi.
Hozir loyiha doirasida yigiruv ishlab chiqarish sexi binosida qurilish ishlari to‘liq bajarildi. Shveysariyaning “Riter” kompaniyasidan zamonaviy ip-yigiruv uskunalari keltirib o‘rnatildi. Muhimi, hududda yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyiga ega bo‘ldi.
6c47c7cd-0d38-1d1c-9736-f3fd15994434.jpg
Korxonaning ikkinchi bosqichini joriy yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Unda to‘quv va tayyor mahsulot ishlab chiqarish sexi tashkil etiladi. Hozir sex binosida qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Belgiyadan keltirilgan zamonaviy to‘quv uskunalari yig‘ilmoqda. Yil oxirigacha ip-gazlama va trikotaj mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Keyingi bosqich 2020 yilning ikkinchi choragida ishga tushadi. Bunda tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi.
7ff807cf-7b2c-6515-c496-caa7b0c9f72e.jpg
Loyihaning umumiy qiymati qariyb 58 million yevro. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 9 ming tonnadan ziyod ip-kalava, qariyb 6 million pogona metr gazlama, 10 million donadan ortiq tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. 1500 ta ish o‘rni yaratiladi.
fea36f62-14da-d7db-fcc9-08a44de92645.jpg
Shuningdek, klaster negizida 2 ming tonna iste’mol yog‘i, 7,5 ming tonna shrot, 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yog‘-ekstratsiya zavodi va chorva kompleksi tashkil etilmoqda.
Prezidentimiz qishoq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda klaster usulining afzalliklarini ta’kidladi. Hosildorlikni oshirish, aholi turmush farovonligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozimligini qayd etdi.
Klasterda agrotexnika xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 19,7 mln. dollar mablag‘ hisobiga AQShning “John Deer” va “Case” kompaniyalarining 13 turdagi 331 ta zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi keltirilgan.
164cc903-6c3b-be4c-4e03-f1866f3e1c26.jpg
Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari 2017 yil ilgari surgan klaster usulini qishloq xo‘jaligida keng joriy etish bo‘yicha tashabbus Qo‘rg‘ontepa tumanida to‘liq amalga oshmoqda.
Ya’ni, paxtani yetishtirishdan tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan tizim yaratilgan. Paxta yetishtirish ishlari to‘liq texnikalar yordamida amalga oshirilmoqda, hosildorlik sezilarli darajada oshgan. Hudud aholisi klaster tomondan tashkil etilgan zamonaviy korxonalarga ishga jalb etiladi.
Shu yerda Andijon viloyatida 2019-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasi, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan rejalar, O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar muhokama qilindi. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali va Grodno davlat universiteti o‘rtasida o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetini ochish, viloyatda irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash kabi qator loyihalar taqdtmoti o‘tkazildi.
Prezidentimiz loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
454e855c-0f97-77ac-d51d-0bd5eeb15f3a.jpg
f731a8e1-5a6d-7ce3-b33f-4597445837a8.jpg
0c6a093e-473b-9d68-220d-72f19da30455.jpg
2a9ba341-61bb-2e2f-007c-85a917a8de14.jpg
a79eb395-43a8-e166-585c-67b1775e1286.jpg
4db7b857-2b65-6d04-800a-17217956a4c9.jpg
70ee3f64-e1d4-6823-867b-4729b01ccc8a.jpg
91ca4aca-de15-f5eb-419d-265b23907844.jpg
eecb6446-e672-162a-8e9b-de80fda89288.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA

  17.05.2019, 15:03  |    87 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!