Oʻzbekiston togʻ-kon sanoatida oʻsish kuzatilmoqda

Togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yilning yanvar – avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 21,6 tirlion soʻmni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 16,6 foizni tashkil etdi.
Togʻ-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi boʻiycha chaqiq tosh qazib olish hajmi oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga, kaolin – 1,6 martaga, gaz kondensati – 14,3 foizga va tabiiy gaz – 6,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, neft qazib olish hajmining 9,9 foizga va koʻmirning – 10,2 foizga kamayganligini kuzatish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2018 yilning yanvar – avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha taqdim etgan maʼlumotlarida ushbu raqamlar keltirilgan.

 

OʻzA