Xalq ta’limi vazirligi brifing o‘tkazmoqda

Xalq ta’limi vazirligida jurnalistlar uchun brifing tashkil etildi.
Unda vazirlik mutasaddilari jurnalistlarga maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro‘sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot bermoqda. Shuningdek, tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilarni jamoat ishlariga jalb qilmaslik borasidagi amaliy chora-tadbirlar xususida ham so‘z bormoqda.
Tadbir tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring!

 

O‘zA