Bugun O‘zA muxbirlari Afg‘onistondan onlayn reportaj uzatadi

O‘zA veb-sayti muxbiri Anora Sodiqova, fotomuxbir Oqil G‘ulomov bugun Afg‘onistonga safar qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida (Afg‘oniston Islom Respublikasi) ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘onistondagi vakili Ismatilla Ergashev , O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsullik idorasi konsuli Mirodil Abdurazzoqov, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy hamda hukumat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasiga mamlakatda kuzatilgan qurg‘oqchilik sabab 3100 tonna miqdoridagi un-don mahsulotlarini yubormoqda. Rasmiy uchrashuv ma’lumotlari va safar taassurotlarini www.uza.uz onlayn tarzda yoritib boradi. Saytimizni kuzatib boring…

 

O’zA