Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi barcha shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarida yangidan tashkil qilingan “Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati” bo‘limlariga 28 dona “Damas” xizmat avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA