O‘zbekiston Prezidentining AQSHga rasmiytashrifiga doir

O‘zbekiston Prezidentining AQSHga rasmiytashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSH hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.

 

O‘zA

  10.05.2018, 13:08  |    126 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!