OAV majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tarkibiga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida mamlakatimizda majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalari faol hamkorlikka chaqirildi.

Endilikda majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tuziladi va guruh tarkibiga ommaviy axborot vositalari vakillari ham kiritiladi.

Bu haqda videoselektor yig‘ilishi davomida aytib o‘tildi.

 

O‘zA