Tuz tog‘ini ko‘rganmisiz?

Qoraqalpog‘istonning shimoli-g‘arbida cho‘zilib yotgan Ustyurt platosidagi bundan 30 million yil avval qurib qolgan Tetis ummonining tubi bugun bitmas-tuganmas tuz koniga aylangan.

Uzunligi 70 kilometr, eni 40 kilometr bo‘lgan mazkur tuz koni tabiatning insoniyatga in’om etgan cheksiz ne’matidir. Borsa kelmas deb nom olgan ushbu sho‘r ko‘lda yig‘iladigan tuzlar Ustyurt mu’jizasi sifatida talqin qilinadigan Qo‘ng‘irot soda zavodining asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadi.

Yaqinda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari Ustyurt kengliklari bo‘ylab sayyohat qilgan edi.

Siz quyida ushbu mediatur davomida Borsakelmas tuz koniga borib kelgan O‘zA fotomuxbiri Maqset Xabibullayevning ijod mahsuli bilan tanishasiz.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA