O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligini va umumxalq xayriya hashari kunlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» aksiyasi o‘tkazilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, 20 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalarning uy-joylarini hashar yo‘li bilan ta’mirlash va tartibga keltirish, 26 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan, 11 mingdan ortiq nogiron va yolg‘iz qariyalar, 2 mingdan ziyod urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatilishi belgilangan.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 18 milliondan ortiq fuqarolarning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 10 millionga yaqini yoshlarni tashkil etadi.

 

O‘zA