Mamlakatimizning barcha hududlari singari Orolbo‘yida ham muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha saylovda 983 ming 32 fuqaro ovoz beradi. Shundan 35 ming 571 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. 5 ming 689 nafar yoshlar saylovda ilk ovoz beradi. Barcha uchastkalarda ovoz beruvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Orolbo‘yi shahar va tumanlaridagi saylov uchastkalarda ovoz berish davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA