O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining QO‘SHMA QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati QAROR QILADILAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida»gi PF–173-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. Ismoilov | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
T. Norboyeva |
Toshkent shahri,
2022 yil 20 iyul