Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
q a r o r i
Oʻzbekiston Respyblikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-288Z-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017 yil 19-oktyabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi q a r o r q i l a d i:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 11 (oʻn bir) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼati aʼzolari quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Bobojonov Poʻlat Razzaqovich – ichki ishlar vaziri
2. Sobirov Shuxratjon Urinbayevich – ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
3. Ikramov Azizbek Israilovich – ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari
4. Xatamov Rustam Abduganiyevich – ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi
5. lavozimiga koʻra – ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti boshligʻi
6. Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich – ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni taʼminlash va harbiy tuzilmalar boʻyicha oʻrinbosari
7. Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari
8. Nishanbayev Saidkarim Abduxokimovich – ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
9. Almatov Zokirjon Almatovich – ichki ishlar vaziri maslahatchisi
10. Mirziyayev Muxtor Asrorovich – ichki ishlar vazirligining Oʻz xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi
11. Norgitov Shuxrat Irkinovich – Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti boshligʻi
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A. Aripov
Toshkent shahri,
2020-yil 28-oktyabr
OʻzA