Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida tashlab ketilgan chaqaloq haqida xabarlar tarqaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, 2022 yilning 8 fevral kuni soat 02:00 lar chamasida Taxtako‘pir tumanida  ro‘yxatda turib, Nukus shahri Bo‘stan ko‘chasida vaqtincha yashab kelgan A.K. (2002 yilda tug‘ilgan)  o‘g‘il farzandni dunyoga keltirib, o‘zi yashab turgan uyning oldiga tashab ketgan.

So‘ngra chaqaloq respublika prenatal markaziga yotqizilib,  hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA