Barcha zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-servislar va mobil ilovalar internet tarmog‘ida bolalarni qo‘rqitish muammosidan xavotirda.

Bolalar ota-onalaridan sir yashirganlari uchun ko‘pchilik kattalar bu muammodan bexabarlar. Ko‘pincha bolalar  ta’qib qilish jinoyatga aylanganda ham, buni ota-onalariga aytmaydilar. Aksariyat ota-onalar bu bezorilik  jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi, deb hisoblashadi va bu xato qarash bola hayotida qimmatga tushishi mumkin.

bugungi kunda deyarli hamma bolaning qo‘lida uyali aloqa telefoni bor. Gadjetlar bolalarni ta’kib qilishning  yangi imkoniyatlarni yaratdi.  Bezori va jinoyatchilar bolalarni to‘la nazorat qilish uchun ulardan foydalanadilar. Bolalar bu matoh shunchaki nazorat vositasi bo‘lishi mumkin deb o‘ylamaydilar hatto. Masalan, g‘araj niyatli kishilar o‘smirni o‘g‘irlik yoki og‘irror jinoyatlar sodir etishga undashlari mumkin. Kattalar uchun bu g‘alati tuyulishi mumkin, biroq ko‘proq qo‘rqitish yoqi haqorat qilish  haqiqatan ham bolani  jinoyatga qo‘l urishiga majbur qilishi ehtimoldan holi emas. Eng yaxshi holatda, u tovlamachilarga berish uchun ota-onasining pulini o‘g‘irlaydi. Ota-onalar buni sezib qolishganda, pullar ularga nega kerak bo‘lganini aytishmaydi. Bolalar ota-onalaridan ko‘ra, tovlamachilardan ko‘proq qo‘raqdilar. Ba’zida bu dalil bo‘la oladi, ta’magirlar haqiqatan ham jabrlangan bolaning ota-onasiga nisbatan ham qo‘rqinchli hatti harakatlarni amalga oshira oladilar.

Masalan, Rossiyada tovlamachilar  bolasining bu muammosidan xabar topgan ota-onani o‘ldirgan ko‘plab holatlar qayd etilgan. Shu bois, ota-onalar bunday holatlarda o‘quv muassasasiga murojaat qilmasliklari, masalaga mustaqil ravishda oydinlik kiritishga urinmasliklari kerak. Eng yaxshi chora – huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo‘yicha mahalliy qonunchilik terminologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadga muvofiq.

Agarda bolani ta’qib qilish ijtimoiy tarmoqda  sodir etilayotgan bo‘lsa, bu keng doiradagi odamlar, jumladan begonalarning e’tiborini jalb qilishi mumkin.  Bunday noxush holatlar qayerda sodir etilmasin, unga nisbatan bee’tibor bo‘lmaslik kerak.

Kiberbullingga qarshi kurash nafaqat  ta’qibchilarni to‘xtatish uchun, balki insonlarga  har kim ijtimoiy tarmoqda ham, hayotda ham  o‘ziga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga loyiqligini eslatish uchun kerak.

Kimdir internet tarmog‘ida ta’qib qilinsa, u o‘zini hamma joyda, hatto o‘z uyida ham kuzatayotgandek tuyuladi. U tovlamachilardan hech qayoqqa qutulib bo‘lmaydi, degan hayolga boradi. Bunday hatti-harakatlar uzoq muddatli  ruhiy, hissiy va jismoniy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Birovning masxara qilishi yoki ta’qib qilishidan qo‘rqish jabrlanganlarga  muammoni  aytib berish yoki uni hal qilishga urinishga to‘sqinlik qiladi.  Boshqa iloj topilmay qolgan taqdirda, internet-ta’qib insonni suiqasdgacha olib borishi mumkin.

Roman BONDARCHUK, O‘zA