2022 yil 7 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 230401 (+773) nafarni tashkil etmoqda.

SSV bu haqda xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:
18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
22 nafari Andijon viloyatida,
22 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
10 nafari Navoiy viloyatida,
14 nafari Namangan viloyatida,
40 nafari Samarqand viloyatida,
7 nafari Sirdaryo viloyatida,
23 nafari Surxondaryo viloyatida,
34 nafari Farg‘ona viloyatida,
15 nafari Xorazm viloyatida,
105 nafari Toshkent viloyatida,
445 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
Andijon viloyatida 27 nafar,
Buxoro viloyatida 34 nafar,
Jizzax viloyatida 13 nafar,
Navoiy viloyatida 8 nafar,
Namangan viloyatida 9 nafar,
Samarqand viloyatida 62 nafar,
Sirdaryo viloyatida 7 nafar,
Surxondaryo viloyatida 27 nafar,
Farg‘ona viloyatida 121 nafar,
Xorazm viloyatida 74 nafar,
Toshkent viloyatida 37 nafar,
Toshkent shahrida 55 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 213123 (+474) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1588 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 129 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.