Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yirik energoob’ekt hisoblangan “Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyatida aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kun-u tun uzluksiz ish faoliyati tashkil etilgan.

Stansiyada 2 ta turbogenerator hamda 6 ta qozon, 2 ta energoblok, har biri 280 MVt quvvatga ega 2 ta zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari to‘xtovsiz ravishda ishlamoqda. Aholiga sifatli va uzluksiz elektr hamda issiqlik energiyasi yetkazib berish maqsadida, stansiya xodimlari hozirgi ob-havo sharoitida kasb vazifalarini munosib ado etmoqda.

“Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyatining respublikadagi o‘rni beqiyos. Uning ishlab chiqarish quvvati 1190 MVt, issiqlik energiyasi yetkazib berish quvvati esa 130 Gkal /soatni tashkil etadi.

bugungi kunda stansiyada jahon talablariga javob bera oladigan zamonaviy hamda energotejamkor bug‘-gaz qurilmalari to‘liq quvvatlarda ishlamoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA