Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida taniqli mo‘yqalam sohibi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan rassom Ibroyim Jolimbetovning “Men yurgan yo‘llarda” deb nomlangan badiiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda rassomning keramika, manzara va grafika yo‘nalishida yaratgan jami 70 dan ortiq tasviriy san’at asari o‘rin olgan.

– bugungi ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar orqali rassom Ibroyim Jolimbetovning ijodi bilan yanada yaqin tanishish imkoniga ega bo‘ldim, – deydi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Omongul Yesemurotova.

–Rassomning har bir ijodiy ishini kuzatib, ularda o‘ziga xos mazmun, yaxshi g‘oya chuqur falsafiy ma’no borligiga guvoh bo‘ldim. Ayniqsa, “Suyinbike”, “Orol”, “To‘lepbergen Qayipbergenov” kabi asarlari menda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA