Mahallalarda hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi. Ular hududni iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlashga yaqindan ko‘maklashadi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda mahallalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallabay ishlash tartibi, har bir hudud muammolari yechimiga alohida e’tibor qaratish masalalarida o‘ziga xos tizim yaratildi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bu kabi islohotlar zamirida aholini hayotdan rozi qilishdek ezgu maqsad mujassam. Quyida hokim yordamchilari ishlarining ko‘lami, muhimligi haqida hikoya qiluvchi lavha havola etiladi.

 

O‘zA