Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Raxima Yuldasheva o‘zi saylangan hudud aholisining ishonchini oqlashda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, Beruniy tumani “Shabboz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “To‘rtkul shoh” ko‘chasi bilan “Kat” ko‘chasi oralig‘idagi yo‘llarning ta’mirtalabligi bo‘yicha mahalla aholisidan murojaat kelib tushgan edi. Bu bo‘yicha xalq vakili deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yubordi. Natijada tuman prokurori R.Xalmuratov, 4-sektor rahbari A.Kenjayevning sa’y-harakatlari bilan mazkur ko‘chalarga shag‘al to‘shab berildi.

Bundan tashqari, “To‘rtko‘l shoh” ko‘chasidan “Istiqlol” mahallasida joylashgan 63-sonli umumta’lim maktabi uchun o‘quvchilar o‘tadigan katta yo‘lga piyodalar o‘tish yo‘lakchasi chizdirilib, yo‘l belgilari qo‘yib berildi. Shu yerda usti ochiq, xavfli holatda bo‘lgan artezian kudug‘i ham qarovsiz ahvolda yotgan edi. Tegishli tashkilotlar tomonidan shu quduqning ham usti yopilib, normal holatga keltirildi.

Mahalla aholisi mamnun. Deputatning yordami bilan muammo ijobiy bartaraf qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA