Shveysariya Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga murojaat bilan chiqdi, deyiladi “RTS” xabarida.

Shveysariya tomoni mavjud epidemiologik vaziyat murakkabligi tufayli Pekindagi Olimpiya o‘yinlarini ortga surishni taklifni qilgan.

“Qaysidir sportchi koronavirusga chalinib Olimpiadaga bormasligi haqida deyarli har kuni eshitayapmiz. Ochilish marosimiga oz vaqt qoldi. O‘yinlar vaqtini ko‘chirishni ko‘rib chiqish lozim”, deydi Shveysariya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Ralf Shtokli va ayni paytda u taklif majburiy emasligi, lekin vaziyat, ayniqsa, Yevropa davlatlarida jiddiy ekanini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlari  4 fevraldan 20 fevralgacha o‘tkaziladi.